Jahon | 17:14 / 22.10.2018
13929
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni jurnalistning o‘ldirilishini «jiddiy xato» deb atadi

Foto: AP

Saudiya Arabistoni Istanbuldagi o‘z konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini «katta va jiddiy xato», deb atadi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Fox telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

«Bu nazorat qilinmagan amaliyot edi. Bu shunday amaliyotga aylandiki, natijada bir necha kishi o‘z lavozim vakolatini suiiste'mol qildi. Ular konsullikda Jamol Qoshiqchini o‘ldirib, xato qilishdi va buni yashirishga urinishdi», - deya aytib o‘tdi u.

Jubayrning aytishicha, Ar-Riyod Saudiya Arabistoni fuqarosi va AQSh rezidenti Jamol Qoshiqchi qanday o‘ldirilgani hamda uning jasadi qayerda ekanini bilmaydi. Shuningdek, uning aytishicha, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon hodisaga aloqador emas.

Odil al-Jubayr

Saudi Press Agency’ning yakshanba kuni xabar berishicha, podshoh Salmon va shahzoda Muhammad Qoshiqchining o‘g‘li Saloh bilan telefon orqali bog‘lanishgan hamda unga ta'ziya izhor etishgan.

Saudiya Arabistoni TIV rahbari Qoshiqchining oilasiga yakshanba kuni ta'ziya bildirdi. «Afsuski, katta va jiddiy xatolik yuz berdi. Barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi», - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Qoshiqchining o‘limini tasdiqlagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid