Jahon | 16:25 / 23.10.2018
4970
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada niqobga taqiq qo‘yilishi inson huquqlari buzilishidir - BMT qo‘mitasi

Foto: Reuters

Birlashgan millatlar tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Fransiyada musulmon ayollar libosining tarkibiy qismi bo‘lgan niqobni taqishga qo‘llangan taqiq - inson huquqlariga zid ekani haqida ma'lum qildi.

«Fransiya hukumati bu taqiq zarurligini asoslab bera olishmadi va ularga qonunchilikni qayta ko‘rib chiqish tayinlandi», deyilgan qo‘mita bayonotida.

«Qo‘mita a'zolarini Fransiyaning yuzni butunlay to‘sib turuvchi niqobga taqiq qo‘llashdan maqsad ular bilan bir jamiyatda yashovchilarning xavfsizligi ta'minlash ekani keltirilgan bayonoti ishontira olmadi», deyilgan qo‘mita bayonotida.

Mustaqil ekspertlardan tuzilgan qo‘mita a'zo davlatlarning Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qanchalik amal qilishini kuzatib boradi. Fransiyaga mazkur masalada ko‘rilgan choralar haqida hisobot berish uchun 180 kun muhlat berilgan.

2011 yilda Fransiyada jamoat joylarda burqada yurishni taqiqlovchi qonun kuchga kirgandi. Qonunni buzganlar jarima to‘laydi va muxsus fuqarolik kurslariga yuboriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid