Ammandagi strategik tadqiqotlar qirollik islom markazi tomonidan dunyodagi eng nufuzli musulmonlar röyxati tuzildi. Unda sportçilar nomi ham qayd etilgan.
Xususan, doğistonlik jangçi Habib Nurmagomedov 76 nafar nufuzli siyosatçi, diniy arbob, madaniyat va san'at vakillari bölgan alohida uç guruhning biriga kiritildi. Nurmagomedov bilan birga «Liverpul»ning misrlik forvardi Muhammad Saloh hamda britaniyalik yengil atletikaçi Mo Fara qayd etilgan.
Bundan taşqari, sport yönalişida Londonning «Arsenal» jamoasi yarim himoyaçisi Mesut Özil, Madridning «Real» klubi sobiq boş murabbiyi Zayniddin Zidan, şuningdek, «Mançester Yunayted» Pol Pogba ham bor.












