Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘lanmagan qarz miqdoriga qarab sanksiya qo‘llaniladi

2018 yilning 22 oktabrdagi O‘RQ–503-son Qonun bilan MJTKning 198(1)-moddasiga (qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi) tuzatishlar kiritildi.
Norma’ning yozishicha, shu kunga qadar barcha qarzdorlar uchun jarima, ijro hujjati bo‘yicha qarz miqdoridan qat'i nazar, yagona edi. Ushbu modda bo‘yicha sanksiya ancha keng diapazonda (fuqarolarga jarima – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha, mansabdor shaxslarga – 10 EKIHdan 15 EKIHgacha) belgilanganiga qaramay, uning eng kam chegarasi – 5 EKIH qo‘llanilishi ham ayrim hollarda qarz summasidan ortiq jarima undirilishini anglatar edi. Bu adolat prinsipiga zid bo‘lib, qonun chiqaruvchilarni tegishli tuzatishlar kiritishga undadi.
Endi ma'muriy jarima miqdori undirilishi ijro hujjatining predmeti hisoblanadigan qarz summasiga bog‘liq. Agar qarz 10 EKIHga teng yoki ushbu summadan kam bo‘lsa – sanksiya kamroq bo‘ladi (fuqarolarga – 1 EKIHdan 5 EKIHgacha, mansabdor shaxslarga – 5 EKIHdan 10EKIHgacha). To‘lanmagan qarz miqdori 10 EKIHdan ortiq bo‘lsa – kattaroq jarima solinadi (fuqarolarga – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha, mansabdor shaxslarga – 10 EKIHdan 15 EKIHgacha). Shu tariqa, endi jarima miqdori ijro hujjati bo‘yicha qarz miqdoridan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Bugun «chiziq tortilgan» qarz summasi 1 843 000 so‘mni tashkil etadi, biroq 1 noyabrdan boshlab u 2 027 300 so‘mgacha ko‘tariladi va, tegishincha, eng kam ish haqi har gal indeksatsiya qilinganda o‘zgaradi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror bir necha oy ilgari loyiha bosqichida muhokama qilingan edi. O‘shanda taqdim etilgan qonun loyihasi hech bir o‘zgartirishsiz tasdiqlandi.
Tuzatishlar joriy yilning 23 oktabridan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
-
Lavrov: Rossiya va KXDR hamkorligi Koreya yarimorolidagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi
Jahon | 10:34
Mavzuga oid

13:06 / 12.07.2025
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda

16:44 / 08.07.2025
Yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikrini inobatga olish mexanizmi o‘rnatiladi

13:26 / 08.07.2025
Fransiya: YeI Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni tayyorlamoqda

12:37 / 07.07.2025