Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik kollejlarida öqişni taşkil qiliş çoralari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Adliya vazirligining yuridik kollejlariga öqişga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar qilmoqda vazirlik telegram-kanali.
Unga köra, yuridik kollejlarda öqişga qabul qiliş vazirlik tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Kam ta'minlangan oila farzandlari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvçilari, şuningdek, közi ojiz abituriyentlar qabul kvotalaridan taşqari vazirlik tomonidan maxsus ajratilgan örinlarda qabul qilinadi. Uşbu öquvçilar qonun hujjatlariga muvofiq davlat granti asosida tahsil olişadi.
Nizomga muvofiq, xorijiy fuqarolarni yuridik kollejga öqişga qabul qiliş belgilangan tartibda ötkaziladigan suhbat natijasi böyiça amalga oşiriladi.
Şuningdek, qaror bilan 2019–2020 öquv yilidan boşlab Adliya vazirligi tuzilmasiga kirmagan kollejlarda “Yurisprudentsiya”, “Huquqşunoslik”, “Ijtimoiy muhofaza qiliş huquqşunosi” yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça öquvçilarni tayyorlaş töxtatiladi.
Mazkur tartib 2019 yil 1 apreldan amalga kiritiladi.
Eslatib ötamiz, vazirlik tuzilmasida har bir hududda bittadan – 14 ta yuridik kollej taşkil etilgan.
Yuridik kollejlarga öqişga qabul qiliş quyidagi bosqiçlarni öz içiga oladi.



















