Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shifokor bemordan 300 ming dollar qarz oldi va uni aqli zaif deb e'lon qildi
Foto: Matt Rourke / AP
AQShning Tennessi shtatida shifokor keksa bemordan qarz olgani, so‘ng qarzni qaytarmaslik uchun uni aqldan ozgan, deb e'lon qilganlikda ayblandi. Bu haqda The Tennessean gazetasi xabar bermoqda.
Tennessida tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qiluvchi intizomiy organ 79 yoshli Suellen Liga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqdi. Ularga ko‘ra, u 25 yil davomida uning qo‘lida davolangan eski tanishi va hamkasbidan 300 ming dollar qarz olgan. Ayol pulni qaytarishni so‘raganida, Li unda dementsiyani aniqladi. Keyinchalik ruhshunos bemorda dementsiya belgilarini topmadi. Shundan so‘ng, shifokorni qarzni to‘lashdan qochish uchun bunday tashxis qo‘yganlikda gumon qilishdi.
Li litsenziyasini tibbiy faoliyatga berishga va ikki ming dollar miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘ldi. Shunga qaramay, u aybini inkor etishda davom etmoqda va qasos olmoqchi bo‘lgan bemor atayin unga zarar yetkazmoqchi ekanini da'vo qilyapti. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayblovlarning ko‘plab tafsilotlari noto‘g‘ri: xususan, u bu pullarni yaqinda emas, balki taxminan 20 yil oldin qarz ko‘rinishida olgan va ko‘p yillar davomida uni qismlab to‘lab borgan. Tashxisga kelinadigan bo‘lsa, u ikki yil oldin qo‘yilgan hamda o‘shanda bunga, Lining fikriga ko‘ra, haqiqatdan ham asos bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u litsenziyani topshirish va advokatlarning tavsiyasiga ko‘ra jarimani to‘lashga qaror qildi. «Bularning bari yolg‘on edi, ammo menga qarshilik ko‘rsatish juda qimmatga tushishi mumkin ekanini aytishdi, - deya tushuntirgan Li. - Yakunda bu hech qanday foyda keltirmaydi. Qarorda o‘zgarish bo‘lishiga hech qanday imkoniyat yo‘q».
Mavzuga oid
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026