U basketbol yulduzi bölişni orzu qilardi. Ammo navqiron 19 yoşida unda juda xavfli ösma – sarkoma aniqladilar va şifokorlar bir oyoğini kesib taşlaşdi. Hayotga endigina qadam qöyayotgan yigitça uçun bu dahşatli sinov edi. Lekin u tuşkunlikka tuşmadi qolgan qisqa umrini kuraşga sarfladi.

Terri Foks 1958 yilning 28 iyulida Kanadaning Vinnipeg şahrida dunyoga kelgan. Yoşligidan u basketbolga qiziqar va bu sport turida yaxşigina natijalarga erişayotgandi. Maktabni bitirganidan söng jismoniy tarbiya öqituvçisi böliş uçun universitetga hujjat topşirdi. Ammo 1977 yilda Terri öng tizzasida oğriqlar his qila boşladi. Şifokorlar unda suyak sarkomasi borligini aniqlaşdi.

Ma'lumot uçun: Öxşaş jihatlari köp va bir xil toifaga kirsada, sarkoma saratonga nisbatan xavfliroq ösma turi bölib, asosan yoşlarda kuzatiladi va juda tez rivojlanadi.

Terrining oyoği tizzasidan yuqorisidan kesib taşlandi. Şundan söng yigitning basketbol bilan boğliq orzulari armonga aylandi. Oldinda tuşkun va mavhum hayot kutardi. Deyarli uç yillik ezginlikdan söng Terri Foks qat'iy qaror qabul qiladi va köpçilik uning yura olişiga ham şubha qilib turgan bir paytda yasama oyoği bilan ulkan vatanining u çekkasidan bu çekkasiga qadar – ikki ummon oraliğidagi masofani yugurib ötişga qaror qiladi.

«Umid marafoni» (ingl. Marathon of Hope) deb nomlangan bu aksiyaning maqsadi onkologik kasalliklarga qarşi tadqiqotlar uçun mablağ yiğiş böldi. Terri har bir kanadalikdan 1 dollardan pul töplaşni rejalaştiradi va deyarli bir yil astoydil maşq qiladi. U közlagan maqsadiga yetiş, bu masofani zabt etiş soğlom odam uçun ham jiddiy sinov ekanligini yaxşi anglab turardi.

«Umid marafoni» 1980 yil 12 aprelda boşlandi. Öz oyoğini Atlantika okeani suviga tiqib olgan Terri Foks kelgusi safar Tinç okeanida şönğişni maqsad qilganiça yugurişga tuşdi. Dastlab uning bu aksiyasiga deyarli heç kim, ayniqsa muxbirlar e'tibor bermaydi. Ammo yigitça taqdir taqozosiga köra kaltaroq yasab qöyilgan protez oyoqda oqsoqlanganiça har kuni standart marafon uçun közlangan marra – 42 kilometrni yugurib boraverdi. «Menda töxtaş uçun sabab va bahona yöq» degan şior ostida harakat qilgan Terri faqat bir marta – Rojdestvo bayramida dam oldi xolos.

Asta-sekin u haqda yozişni boşlaşdi, lavhalar tayyorlandi, Terri Foks yugurib ötadigan yöllarga odamlar töplanib turadigan bölişdi. Ayrim şaharlarda minglab odamlar yiğilar, köplab sport musobaqalari va yirik tadbirlar aynan Terri Foks yetib keladigan paytga qarab, u oçib berişini möljallab boşlanardi. Uning ortidan yuguruvçilar, Terrini yöllarda kuzatib boruvçilar guruhi paydo böldi.