Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilning eng yaxshi to‘purari bo‘lish uchun Messi va Ronaldu kurashmoqda
2018 yilda klub va terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida «Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi hamda «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu birinchi va ikkinchi o‘rinlarda bormoqda.
Messi shu paytgacha jami 42ta gol urgan bo‘lsa, Ronaldu hisobida 39ta gol bor. Uchinchi o‘rinni «Bavariya» klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski egallab turibdi - 35ta gol.
2018 yilning eng yaxshi to‘purarlari reytingi:
1. Lionel Messi («Barselona», Argentina) - 42ta gol
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Portugaliya) - 39
3. Robert Levandovski («Bavariya», Polsha) - 35
4-5. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr) - 33
4-5. Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya) - 33
6-7. Luis Suares («Barselona», Urugvay) - 31
6-7. Harri Keyn («Tottenhem», Angliya) - 31
8. Romelu Lukaku («Manchester Yunayted», Belgiya) - 30
9. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya) - 29
10. Neymar (PSJ, Braziliya) - 28
Mavzuga oid
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026