Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini izohladi.
«Qoshiqchi o‘ldirilgan va bu ochiqchasiga tan olindi. Ammo uning jasadi qayerda? Saudiya tomoni uning jasadini Turkiya tomoniga ko‘rsatishi shart», - dedi Erdo‘g‘an.
«Agar Ar-Riyod saudiyalik jurnalistning o‘limida gumonlanayotganligini olib tashlashdan manfaatdor bo‘lsa, u holda mazkur ish bo‘yicha Saudiya Arabistonida hibsga olingan 18 kishi ustidan Istanbulda sud o‘tkazilishiga rozilik berishi kerak. Agar Saudiya tomoni ulardan ko‘rsatma ola bilmasa, ularni bizga topshirsin», - dedi Turkiya prezidenti.
Erdo‘g‘an hibsga olingan 18 kishi jinoyat ijrochilari ismini bilishlarini aytdi. Ulardan biri qotil hisoblanadi. Ar-Riyod qotillarning turkiyaliklar orasidagi yordamchisini nomini ham aytishi shart, dedi u.
«Turkiyada Qoshiqchi ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot va hujjatlar mavjud. Ammo bunday ishlarda shoshmashosharlik yaramaydi», - dedi Erdo‘g‘an.
Avvalroq Erdo‘g‘an Saudiya Arabistoni bosh prokurori muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini tergov qilish uchun Turkiyaga tashrif buyurishini ma'lum qilgandi.


















