Qozoğiston Respublikasi prezidenti yordamçisi — Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi kotibi Gabit Bayjanov va Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov raisligida, markaziy davlat organlari rahbarlari iştirokida ötgan muzokaralar çoğida xavfsizlikni ta'minlaşga doir dolzarb masalalar körib çiqilgan, deb xabar beradi Oqörda matbuot xizmati.

Tomonlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro taşkilotlardagi özaro hamkorlikning joriy holati va rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilişdi.
Şuningdek, kun tartibiga terrorizm va diniy ekstremizmning böy körsatişiga qarşi kuraşiş, informatsion va kiberxavfsizlikni ta'minlaş sohasidagi özaro hamkorlik jihatlari, şuningdek, sudlanganlarni jazoni ötaş uçun özlari fuqarosi bölgan bölgan davlatlarga topşiriş masalalari olib çiqildi.

Uçraşuv doirasida tomonlar, şuningdek, suv bilan boğliq munosabatlar masalalari böyiça yöl xaritasi punktlarining bajarilişining dastlabki natijalarini körib çiqişdi.
Iş yakunlari böyiça ikki mamlakatning tegişli davlat organlariga aniq topşiriqlar berildi. Xavfsizlik kengaşi apparatlari örtasidagi maslahatlaşuvlar Özbekiston va Qozoğiston rahbarlarining topşiriğiga köra, doimiy asosda ötkazilib kelinmoqda.

















