29 oktabr kuni O‘zbekistonga Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan hamkorlik bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule-Peterse boshchiligidai deputatlar guruhi keladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, tashrif dasturiga binoan Toshkent shahrida “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” parlament hamkorlik qo‘mitasining 14-majlisida ishtirok etish, tashqi ishlar, iqtisod, bandlik va mehnat munosabatlari, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.

















