Janubiy Koreya byudjyeti mamlakatda guruç haddan taşqari köp yetiştirilgani sababli oxirgi 3 yil içida 1,5 mlrd dollar yöqotdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning oziq-ovqat, qişloq xöjaligi vaziri ma'lum qildi.  

Ta'kidlanişiça, hukumat tomonidan mahalliy işlab çiqaruvçilarning haddan ortiq qöllab-quvvatlanişi guruç zaxiralarining köpayib ketişiga olib kelgan. Natijada 2016 yildan boşlab ortiqça guruç çorva uçun yem sifatida qöllangan. Ma'lum qilinişiça, uç yil içida million tonnadan köproq guruç yetiştirilgan.       

Guruç köpayib ketgani sababli öz narxidan 10 marta past narxda sotilgan. Janubiy Koreyada guruç yetiştiriş va uni saqlaş bilan boğliq yillik byudjyet 4,9 mlrd dollarni taşkil qilib, bu mamlakat qişloq xöjaligi byudjyetining 39 foizini taşkil qiladi.  

Vazirlik şu munosabat bilan guruç yetiştirişning davlat tomonidan tartibga solinişini va bu bilan boğliq byudjyet xarajatlarini qisqartirişni taklif qilmoqda.