Jahon | 07:43 / 28.10.2018
14181
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Pittsburgidagi otishmada 11 kishi halok bo‘ldi 

Foto: AP/ Gene J. Puskar

27 oktabr ertalab AQShning Pittsburg shahridagi Tree of Life sinagogasida sodir etilgan otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Vendell Xissrich ma'lum qildi. 

Politsiya qurbonlar orasida bolalar yo‘qligini tasdiqlagan. 6 kishi, jumladan 4 politsiyachi yaralangan. Otishmani sodir etgan kimsa qo‘lga olinishi vaqtida ko‘plab o‘qotar jarohatlar olgan va hozirda o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonada qolmoqda.

Huquq-tartibot idoralari ma'lumotlariga ko‘ra, otishmani sodir etgan kimsa 48 yoshli Robert Bauers ismli shaxs bo‘lgan. FQBning taxminicha, Bauers bir o‘zi harakat qilgan va avval politsiya ko‘zi ostiga tushmagan. U shturm miltig‘i va kamida 3 ta to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, Bauers hujum vaqtida antisemit shiorlar aytib qichqirgan. AQSh adliya vazirligi unga diniy toqatsizlik negizidagi jinoyatni sodir etish ayblovini qo‘ymoqchi.

Robert Bauers
Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid