Jahon | 08:28 / 28.10.2018
5622
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada 39 nafar yangi gubernator tayinlandi 

Foto: AFP

Turkiyada gubernatorlar korpusida katta ko‘lamli o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 39 ta viloyatda yangi gubernatorlar tayinlagan.  

Anqara va Istanbulda ham o‘zgartirishlar amalga oshirilgan. Anqaraning yangi gubernatori etib Istanbulning sobiq gubernatori Vasip Shaxin, Istanbulning gubernatori etib esa G‘aziantepning avvalgi gubernatori Ali Yerlikay tayinlangan.

Turkiyada hammasi bo‘lib 81 ta viloyat bor.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid