Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda Kun.uz’ning hukumatdagi işonçli manbalari xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Zoyir Mirzayev bugun Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari – Qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ozod etiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 27 oktabr ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari bloknot tutgan olti kişining ariq suvida turgani tasvirlangan suratni muhokama qilişdi. Kun.uz muxbirlari suriştiruvi davomida uşbu holat Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, “Abdunosir Ğulom” fermer xöjaligi maydonida yuz bergani aniqlandi.
Kun.uz’ga öşa kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Zoyir Mirzayev Oqqörğonda, suvga botgan oltovlondan sal narida bölgani haqida tuman hokimi örinbosari Şerzod Murodov aytib bergandi.
Ma'lumki, prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarlarning burçi, mas'uliyati va ma'naviyati masalasiga alohida e'tibor qaratib kelmoqda.
Davlat rahbari, jumladan, bunday degandi: "Iş yuzasidan talabçanlik qiliş boşqa, odamlarning şaxsiyatiga tegiş butunlay boşqa narsa. Odamlar iş yuzasidan sizga böysunişi mumkin, boşqa har qanday masalada siz bilan teppa-teng huquqqa ega ekanini aslo esdan çiqarmang. ...Barçamiz yaxşi bilamiz, xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barça narsaga çidaşi mumkin, lekin takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka çiday olmaydi. Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakçi odamlarning bardoşini sinaş uçun emas, balki ularga munosib şart-şaroit yaratib beriş, oğirini yengil qiliş uçun rahbar etib tayinlanadi. Barça böğindagi rahbarlar özining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga örnak va namuna bölişi zarur”.
Suvda turgan kişilar. Oqqörğonda nimalar bölgandi?Oqqörğondagi maşmaşa. Boş prokuratura voqeaga munosabat bildirdi

















