2 noyabr kuni Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi LDPR deputatlaridan iborat guruh O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

ForSMI ma'lumotiga ko‘ra, 2 noyabr kuni LDPR raisi Buxoroda bo‘ladi hamda Sitorai Mohi Xosa saroyi va shoyichilik ustaxonasi faoliyati  bilan tanishadi.

3 noyabr kuni esa Vladimir Jirinovskiy Buxorodagi bozorlardan birida bo‘lib, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbat qurishi rejalashtirilgan.