Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda toshqin vaqtida farzandini qo‘lidan chiqarib yuborgan ayol qotillikda ayblanmoqda
AQSh politsiyasi “Florens” dovuli vaqtida qo‘lidagi farzandi toshqin bilan olib ketilgan 20 yoshli ayolga qasddan sodir etilmagan qotillik ayblovini qo‘ydi.
Dazia Aydia Li 2-darajali qotillik va harakat uchun yopilgan yo‘l orqali mashina haydashda ayblanmoqda. Politsiyaning fikricha, ayol dovul vaqtida politsiya tomonidan qo‘yilgan to‘siqlarni e'tiborga olmay, ongli ravishda ularni aylanib o‘tib, mashinani suv ostida qolgan yo‘l bo‘ylab haydagan. U bir yoshli o‘g‘li bilan suv ichida qolgach, farzandining qo‘lidan ushlab olgan, biroq oqim bolani oqizib ketgan. Keyinroq bolaning jasadi topilgan.
“Sinchkov tergovdan keyin barcha dalillarni ko‘rib chiqib va qonun me'yorlarini qo‘llab, ayblov haqli qo‘yilgan deb hisoblaymiz”, deb aytgan sherif Eddi Keyt.
Ushbu ish bo‘yicha ilk sud jarayoni 20 noyabrga belgilangan.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
21:17 / 11.06.2026
Tramp Eron neft va gaz bozorlarini «to‘liq Amerika nazorati ostiga» olishga va’da berdi
20:29 / 11.06.2026
Eron afsonaviy Apacheʼni urdi. Urush qaytalandi
14:07 / 11.06.2026