Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hillari Klinton 2020 yilgi AQSh prezidenti saylovlarida ishtirok etishi mumkin
AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 2020 yilda AQSh prezidenti lavozimi uchun saylovlarda yana nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytdi.
“Yaxshi, men prezident bo‘lishni istayman. O‘ylashimcha, 2021 yil yanvarda Oval xonada demokrat bo‘lganda ko‘p ish qilishimizga to‘g‘ri keladi”, deb aytgan Klinton Recode axborot resursiga bergan intervyusida.
Klinton buning uchun imkoni bor barcha ishni qilishini qo‘shimcha qilgan.
2017 yilda AQSh prezidenti Donald Tramp 2016 yilgi saylovlarda unga yutqazgan demokratlar nomzodi Hillari Klinton 2020 yilgi saylovlarda yana o‘z nomzodini qo‘yishga “umid qilishi”ni aytgan.
Klinton 2016 yilgi saylovlarda Trampdan ko‘ra 3 mln ovoz ko‘proq to‘plaganiga qaramay, AQSh saylov tizimining o‘ziga xos jihatlari sababli mag‘lub bo‘lgan. Saylovlargacha ko‘pchilik aynan Klinton g‘olib bo‘lishiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
09:20
Trampning yaqin ittifoqchisi Milliy razvedkaga rahbarlik qiladi
21:07 / 02.06.2026
AQSh Eron bilan muzokara o‘tkazishning asosiy sharti sifatida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishni talab qilmoqda
20:29 / 02.06.2026
AQSh so‘nggi yillarda birinchi marta Rossiyadagi Xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etadi
18:05 / 02.06.2026