Özbekistonda 27 oktabr kuni kutilmagan tarzda boşlandi: hamma joyda bir xil gap, hamma bir masalani muhokama etmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifada paydo bölgan olti kişining ariqqa tuşib olgani, ayb iş qilganday, qöllarini boğlab turişidan ularni kimdir şu alfozda jazolagan bölsa, ajab emas, deyişdi. 

Youtube'da köriş

Mover'da köriş

Kun.uz suratda tasvirlangan holat «qahramonlar»ini qidirişga tuşdi. Keyinçalik ma'lum böldiki, ular Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida yaşaydi. Ular nafaqat şu tumanda yaşaydi, balki ariqdagi oltovlon orasida tuman hokimi örinbosari, hokimlik mutasaddi rahbarlari borligi bildirildi. Demak, hodisa Toşkent viloyati Oqqörğon tumani, «Abdunosir Ğulom» fermer xöjaligi maydonida yuz bergani aniqlandi. 

Kun.uzʼga yetib kelgan axborotga köra, ariq suviga oyoq tiqqan kişilar Oqqörğon tumani hokimining qişloq xöjalik işlari böyiça örinbosari — Şerzod Murodov, tuman suv xöjaligi boşliği — Tohir Mirzakarimov, tuman qişloq xöjaligi bölimi boşliği — Şarof Ahmedov, MFY oqsoqoli — Zokir Musabekov, «Mavlonboy ota» fermer xöjaligini rahbari — Abror Mavlonov, «Abdunosir Ğulom» fermer xöjaligi rahbari bölib çiqdi.

27 oktabr kuni keçki mahal Oqqörğon tuman hokimligiga yetib kelganimizda, bizni hokim Farhod Omonov qarşi oldi. Uning aytişiça,  tuman hokimi örinbosari (Şerzod Murodov - tahr.) qilingan işlarning barçasini tahlil qilmoqçi bölib, «Abdunosir Ğulom» fermer xöjaligiga borgan. 

«Ğalla ekilgandan keyin, suv qöyilişi kerak. Lekin, ğalla ekilgan joyda suv qöyilmagan, yonidagi ariqda esa suv oqib yotibdi. «Mana suv bor-ku! Nega suv qöymaysan?», degan payti, suvga özi tuşib ketgan. «Mana — suv! Bu yoqqa kel, sen ham suvni körgin», deb turib, qolganlarni ham suvga...», - deydi u.