Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh arab koalitsiyasini Yamanga aviazarbalar berishni to‘xtatishga chaqirdi
Foto: EPA
AQSh Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyani Yamanning barcha aholi punktlariga aviazarbalar berishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo aytib o‘tdi.
“Dushmanona harakatlarga, jumladan husiylar tomonidan nazorat qilinuvchi hududlardan uchuvchisiz qurilmalardan va raketa bilan Saudiya Arabistoni va BAA tomon zarbalar berishni to‘xtatish vaqti keldi. Mos holda, Yamanning barcha aholi punktlarida koalitsiyaning zarbalari ham to‘xtatilishi lozim”, deb aytgan Pompeo.
AQSh davlat kotibi Yamandagi ixtilofga chek qo‘yish va qurolsizlashtirilgan hudud tashkil etish maqsadida “uchinchi davlatda” Yaman bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi.
“Noyabrda uchinchi davlatda BMTning maxsus vakili bilan birga maslahatlashuvlar boshlanishi kerak”, deb ta'kidlab o‘tgan Pompeo.
Yamanda hukumat va husiylar o‘rtasidagi ixtilof 2014 yildan beri davom etib kelmoqda. Bu ixtilof mamlakatda keskin gumanitar inqirozga olib kelgan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Yaman aholisining uchdan ikki qismi, ya'ni 18 mln kishi “qayerdan yegulik topishni bilmaydi”, ulardan 8 millioni esa ocharchilik yoqasida turibdi.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026