2018 yil 31 oktabr kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi boş direktori Laziz Tangriyev qoğoz yetkazib beriş böyiça eng yirik rossiyalik hamkor taşkilot “Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi boş direktori örinbosari Yelena Lexnoviç boşçiligidagi vakillar bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda 2019 yilda Özbekistonda katta miqdordagi maktab darsliklari, badiiy, bolalar va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar naşr qilinişi, albatta, buning uçun zarur böladigan qoğoz mahsulotlarini xarid qiliş hamda yetkazib beriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şu kunning özida “Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi vakillari ÖzMAA tizimidagi naşriyot-matbaa korxonalari rahbar va mutaxassislari bilan uçraşib, kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli rejalarini muhokama qilişdi.
Ma'lumot uçun aytiş kerakki, mazkur taşkilot Rossiya va MDH respublikalariga sellyuloza va qoğoz mahsulotini yetkazib beruvçi eng yirik bölgan kompaniya bölib, Özbekistonning davlat va nodavlat matbaa korxonalari bilan 15 yildan beri hamkorlik qiladi. Bu kompaniya respublikamizdagi matbaa korxonalariga bir yilda 23,0 ming tonnadan ziyod ofset va gazeta qoğozini yetkazib beradi.
“Baltiyskaya sellyuloza” kompaniyasi 10 ta davlatdagi 24 ta qoğoz işlab çiqaruvçi kompaniyalar bilan hamkorlikni yölga qöyganligi, Rossiya va MDHning 9 ta, şuningdek, Şvetsiya, Finlyandiya, Avstriya, Germaniya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Xitoy, Indoneziya, Çexiya, Hindiston, Yaponiya kabi ilğor davlatlarning matbaa korxonalariga qoğoz mahsulotlarini yetkazib berişi bilan ham alohida ahamiyatga molik.

















