«Tottenhem Hotspur» futbolçilari boş murabbiy Maurisio Poçettino jamoadan ketişi mumkinligi haqidagi xabarlardan taşvişda.

The Telegraph naşri xabariga köra, Poçettino qişda «Tottenhem»dan ketmasligi mumkin, ammo yozda londonliklar jamoasi rahbariyati «Real» va «Mançester Yunayted»da talab mavjud bölgan uşbu mutaxassisni uşlab qolişi qiyin böladi.

The Sun naşri esa «Real»ning Poçettinoga taklifi böyiça yangi tafsilotlarni e'lon qildi. 

Naşrda yozilişiça, madridliklar klubi rahbariyati argentinalik mutaxassisga hozirgi maoşidan ikki barobar köp miqdorda oylik tölaşga tayyor. Aniqroği, Poçettinoga yiliga 17 million funt maoş taklif qilinişi mumkin.

Manbaning aniqlaşiça, «qaymoqranglilar» uşbu murabbiyni birinçi raqamli nomzod sifatida körmoqda va unga 5 yillik şartnoma loyihasini taqdim etişni rejalaştirişmoqda. Murabbiyning uşbu vaqt davomida oladigan maoşining umumiy miqdorda 85 million funtni taşkil etadi.

Qöşimça qilinişça, «Real» prezidenti Florentino Peres mavsum örtasida uşbu yirik loyihaga qöl urib bölmasligini tuşunib turibdi. «Şporlar» boş ijro direktori Daniel Levi bunga qattiq qarşilik körsatgan taqdirda Peres yozgaça kutişga tayyor.

Ma'lumot uçun, 46 yoşli mutaxassis 2014 yil mayidan buyon London jamoasiga ustozlik qilib keladi. U ötgan vaqt davomida ikki marotaba şartnomasini yangilagan, sönggi marta şu yilning mayida 5 yillik bitimga imzo çekib, «Tottenhem»da 2023 yilgaça işlaşga rozi bölgan edi. Argentinalik hozirgi iş joyida yiliga 8,5 mln funt maoş oladi.

Bundan oldinroq, «Real» «Çelsi»ning sobiq boş murabbiyi Antonio Konte bilan kelişa olmagani ma'lum bölgandi.

Eslatib ötamiz, 29 oktabr kuni Xulen Lopetegi qoniqarsiz natijalar tufayli «Real» boş murabbiyligidan iste'foga çiqarildi.

U şu yilning 12 iyunida «Real» bilan 3 yillik şartnomaga imzo çekkan edi. U bu vaqtda Ispaniya terma jamoasini boşqarib turgan, ammo klub bilan bitim imzolangani ma'lum bölgaç, lavozimidan ozod etilgandi.