«Çelsi»ning sobiq boş murabbiyi Antonio Kontening «Real» boşqaruviga kelişi katta söroq ostida qolmoqda.

Marca xabariga köra, italiyalik mutaxassis muzokaralar davomida jamoani öz falsafasi asosida qurişida heç kim unga tösqinlik qilmasligiga kafolat berilişini talab qilgan.

Bundan taşqari, u markaziy hujum çiziğini töla isloh etmoqçiligini va «qaymoqranglilar» uç himoyaçi bilan öynay boşlaşini aytgan.

Manbaning qayd etişiça, «Real» rahbariyati bu talablarni bajariş imkonsiz, deb hisoblagan va şu boisdan Konte nomzodi kun tartibidan olingan.

Eslatib ötamiz, hozirga qadar Kontening «Çelsi» bilan örtadagi bitimini bekor qilmagani va buning ortidan kelib çiqadigan xarajatlar Madrid uçun muammo bölib turgani aytib kelingan edi.

Avvalroq «qirollik klubi» Belgiya terma jamoasi bilan JÇ-2018da muvaffaqiyatga erişgan ispaniyalik murabbiy Roberto Martinesni jamoaga taklif etişi mumkinligi xabar qilingandi.