O‘zbekiston | 21:59 / 31.10.2018
27405
6 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi fojia, Samarqandda suv toshqini, San'at Umarov ustidan sud va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 31 oktabr, chorshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

O‘ZBeKISTON XABARLARI

 

·       Mirziyoyev: oyliklarni inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirish siyosatini davom ettirish kerak

·       Toshkentdagi fojia bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Sabablar o‘rganilmoqda

·       AES qurilishidan O‘zbekiston qanday manfaat ko‘radi — ekspert bilan intervyu

·       Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tabrikladi

·       Doing Business yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston 76-o‘rinda

·       Zoyir Mirzayev o‘rniga vaqtinchalik yangi rahbar tayinlandi

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

 

·       Ulgurji savdoni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash bekor bo‘lmoqda

·       Ayrim qurilish materiallari va ko‘mir importi uchun 2020 yilga qadar imtiyoz taqdim etilmoqda

·       Mahalliy byudjyetlar ixtiyorida o‘tgan yilga nisbatan 6 barobar ko‘p mablag‘ qolishi kutilmoqda

·       Tadbirkorlarga naqd pulsiz hisob-kitoblarda korporativ bank kartochkalaridan foydalanishga ruxsat berilmoqda

Toshkentdagi bir oila fojiasi

 

·       Toshkentda bir oilaning to‘rt farzandi zaharlanish oqibatida vafot etdi

·       Toshkentdagi fojia bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi. Sabablar o‘rganilmoqda

·       Toshkentdagi oilada ro‘y bergan fojiaga katta ehtimol bilan is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan

·       SSV: Chilonzor tumanidagi fojiaga is gazidan o‘tkir zaharlanish sabab bo‘lgan

Dolzarb mavzular

 

·       Samarqand ko‘chalarida suv toshdi, oqibatlar bartaraf etildi

·       Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov nega qamoqqa olindi? — KUN.UZ surishtiruvi

·       San'at Umarov sud qilinmoqda

·       YHXX xodimlari qachondan individual kameralar bilan ishlay boshlashi ma'lum qilindi

·       Noyabr oyida nimalar kuchga kiradi?

·       Men korrupsiyaga qarshimanmi? Aslo!

JAHON XABARLARI

 

·       «Bepul pishloq faqat qopqonda bo‘ladi». Poroshenko gaz va Rossiya bo‘yicha bayonot berdi

·       Lavrov Rossiyaga «juda kuchli bosim» shakllari haqida gapirdi

·       Eron prezidenti AQShdan qo‘rqmasligi haqida ma'lum qildi

·       Turkmaniston prezidenti yarim million yevroga poyga avtomobili sotib oldi

·       Ekvador Assanjni «bo‘htonlardan tiyilishga» chaqirdi

·       Dunyodagi eng yaxshi universitet ma'lum qilindi

·       Eyfel minorasining bir qismi sotuvga qo‘yiladi

SPORT XABARLARI

 

·       Qatardagi jahon chempionatidayoq 32tadan ortiq jamoa qatnashishi mumkin

·       Superliga. «Lokomotiv» so‘nggi daqiqada gol urib, «Metallurg»ni yengdi va boshqa natijalar

·       «Lester» xo‘jayini vertolyotining halokatga uchrashi videosi paydo bo‘ldi

·       Messi mashg‘ulotlarga qaytdi

·       «Real» Pochettinoni olib kelmoqchi, yangi tafsilotlar

Mavzuga oid