Yevropa matbuoti «Tottenhem» boş murabbiyi Maurisio Poçettino faoliyatini «Real»da davom ettirişi haqidagi xabar berişda davom etmoqda.

Navbatdagi yangilik The Sun tomonidan tarqatildi. Naşrga köra, Madrid murabbiyga hozirgi maoşidan ikki barobar köp miqdorda oylik tölaşga tayyor. Aniqroği, Poçettinoga yiliga 17 million funt maoş taklif qilinişi mumkin.

Manbaning aniqlaşiça, «qaymoqranglilar» uşbu murabbiyni birinçi raqamli nomzod sifatida körmoqda va unga 5 yillik şartnoma loyihasini taqdim etişni rejalaştirişmoqda. Murabbiyning uşbu vaqt davomida oladigan maoşi umumiy miqdorda 85 million funtni taşkil etadi.

Qöşimça qilinişça, «Real» prezidenti Florentino Peres mavsum örtasida uşbu yirik loyihaga qöl urib bölmasligini tuşunib turibdi. «Şporlar» boş ijro direktori Daniel Levi bunga qattiq qarşilik körsatgan taqdirda Peres yozgaça kutişga tayyor.

Ma'lumot uçun, 46 yoşli mutaxassis 2014 yil mayidan buyon London jamoasiga ustozlik qilib keladi. U ötgan vaqt davomida ikki marotaba şartnomasini yangilagan, sönggi marta şu yilning mayida 5 yillik bitimga imzo çekib, «Tottenhem»da 2023 yilgaça işlaşga rozi bölgan edi. Argentinalik hozirgi iş joyida yiliga 8,5 mln funt maoş oladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq jamoa futbolçilari Poçettino ketib qolişi mumkinligidan xavotirda ekani xabar qilingandi.