Bugun, 31 oktabr kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida Kattaqörğon şahar IIBning sobiq xodimi San'at Umarov ustidan sud jarayoni boşlandi. Bu haqda «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.

U Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 2-qismi «a» bandi,  şuningdek, 241-moddada (Jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Eslatib ötamiz, şu yilning 3 iyun kuni Kattaqörğon şahar IIB binosida tezkor vakil San'at Umarov va boşqalar ayol kişini öğirlik qilganlikda ayblab haqorat qilgan va yeçinişga majburlagandi. Umarov uşbu jarayonni videoga yozib olgan, tasvir keyinçalik internetda tarqalib ketgandi.

Bu hodisa ijtimoiy tarmoqda katta rezonans keltirib çiqardi. Internet saytlarida tanqidiy maqolalar naşr etildi, jamoatçilik vaziyat böyiça munosabatini bildirib, inson huquqlari ta'minlanişini talab etdi.

Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining 2018 yil 6 iyuldagi ajrimiga mufoviq ayblanuvçi San'at Umarovga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.

Şundan söng, içki işlar organlari safida «tozalaş» işlari olib borildi.

13 iyul kuni Özbekiston IIV rahbari Pölat Bobojonov Kattaqörğon tumaniga bordi. 

14 iyul kuni Kattaqörğon şahar IIB boşliği Ilyos Abduqahhorov işdan olindi. Vazirning taşrifi doirasida IIBning yana bir neça xodim işdan böşatildi, Kattaqörğon IIBning barça xodimlari attestatsiyadan ötkazilişi belgilandi