Qozoğiston tinçlikparvar rotasining 120 harbiysi “Indbat” hind bataloni tarkibida “BMTning Livandagi vaqtinçalik kuçlari” missiyasida iştirok etgani Livanga yetib keldi.
Qozoğiston qurolli kuçlari tarixida mamlakatning tinçlikparvar kuçlari ilk bor BMTning Livanda tinçlik va xavfsizlikni qöllab-quvvatlaş missiyasida iştirok etmoqda. Şu maqsadda hindistonlik hamkorlar bilan tinçlikparvar rotani tartibga soliş doirasida zarur tayyorgarlik işi ötkazilgan. BMT mandatiga köra, Qozoğiston vakillari hududni patrullaş; kuzatuv postlarini taşkillaştiriş; öt oçişni töxtatişga amal qilinişi ortidan kuzatiş vazifalarini bajaradi.
Ta'kidlanişiça, tinçlikparvar operatsiyasi vaqtida qozoğistonlik harbiylar uç marta kattaroq maoş bilan ta'minlanadilar. Şuningdek, BMT qöşinlarni yuborayotgan davlatning xarajatlarini belgilangan stavkalar böyiça qoplab beradi. Bu stavka bir harbiyga bir oyga 1428 dollarni taşkil qiladi. Şuningdek, har bir harbiyga kuniga 1,28 dollar qöşimça haq, 15 kunlik ta'til vaqtida soğlomlaştiriş uçun kuniga 10,5 dollardan tölanadi. Ta'til har 6 oyda beriladi.

















