Tramp tug‘ilish huquqi bo‘yicha fuqarolikni qanday bekor qilmoqchi ekanini aytdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, kongress yordami bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarida tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolikni bekor qilish niyatida. Trampning so‘zlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Amerika prezidentining aytishicha, «iste'dodli huquqshunoslar» bilan uchrashgandan so‘ng, o‘z farmoni bilan bu qonunni bekor qilish imkoniyati borligiga ishonch hosil qildi. Biroq, Trampning ta'kidlashicha, kongressdagi ovoz berish jarayonida ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lsa, bu Qo‘shma Shtatlarda tug‘ilganlik bo‘yicha fuqarolikni bekor qilish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.
«Men buni kongress orqali qilgan bo‘lardim, sababi bu doimiy qarorga aylanadi», - deya xulosa qildi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Tramp tug‘ilish huquqi bo‘yicha fuqarolikni bekor qilishi haqida xabar bergandi.
AQSh prezidenti Donald Tramp fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritish niyatida, unga ko‘ra Qo‘shma Shtatlar hududida tug‘ilgan migrantlar farzandlari bundan buyon Amerika fuqaroligini olishmaydi.
Mavzuga oid
22:03 / 22.09.2024
Tramp debat o‘tkazish haqidagi Harris taklifini rad etdi
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024