Sport | 08:30 / 02.11.2018
4628
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» 19 yoshli hujumchisining dubli evaziga Liga kubogi chorak finaliga yo‘l oldi

Foto: Getty Images

Angliya Liga kubogi chorak finalining yana bir ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi: musobaqaning amaldagi g‘olibi zafarli yurishini davom ettirdi.

«Ittihod Stedium»da «Fulhem»ni qabul qilgan «Manchester Siti» Ibrohim Diasning dubli evaziga g‘alaba qozondi. Qayd etish kerak, har ikki bo‘lim o‘rtalarida bittadan gol urgan 19 yoshli ispaniyalik hujumchi jamoaning joriy mavsumdagi APL yoki YeChL o‘yinlarida hali maydonga tushganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, bundan bir kun oldin ham Liga kubogining 4 o‘yini bo‘lib o‘tgan, ularda «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem» jamoalari keyingi bosqichga yo‘l olishgan edi. Shundan so‘ng kubok chorak finaliga ham qur'a tashlandi. Unga ko‘ra, endilikda «shaharliklar» «Lester Siti» - «Sauthempton» uchrashuvi (mezbonlar xo‘jayini vafoti sabab noma'lum muddatga qoldirilgan) g‘olibi bilan safarda bahs olib boradi. 

Angliya Liga kubogi, 1/8 final
1 noyabr
Manchester Siti – Fulhem 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar
: 1:0 – 18 Braim Dias, 2:0 – 65 Braim Dias.
Manchester Siti: Murich, Danilo, Stounz, Kompani, Delf, de Bryuyne (Gomes, 86), Zinchenko, Ibrohim Dias (Mahrez, 78), Foden, Sane, Gabriel Jyezus.

Chorak final, 18-19 dekabr
«Arsenal» - «Tottenhem»
«Lester Siti» / «Sauthempton» - «Manchester Siti»
«Midlsbro» - «Byorton Albion»
«Chelsi» - «Bornmut»

Mavzuga oid