Rustam Qurbonnazaroviç Xolmatov Toşkent viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi xabar bermoqda.

U Oqqörğon va Bekoboddagi voqealar ortidan işdan böşagan viloyat hokimi örinbosari örnini egalladi.

Rustam Xolmatov bungaça Jizzax viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Rustam Xolmatov 1961 yilda Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida tuğilgan. U Toşkent xalq xöjaligi institutini (hozirgi Toşkent iqtisodiyot universiteti) iqtisodçi mutaxassisligi böyiça bitirgan. 

U 1995 yildan 2003 yilgaça Toşkent viloyati hokimining birinçi örinbosari, keyinroq Çinoz va Quyi Çirçiq tumanlari hokimi bölib işlagan. 2008 yildan 2013 yilgaça esa Toşkent viloyati hokimi bölgan. 2013 yilning aprelida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov Rustam Xolmatovni öz qöli ostidagilarga zuğum ötkazişda va korruptsion jinoyatlarda ayblab, işdan olgandi. U 2017 yilning aprelida Jizzax viloyati hokimiga örinbosar sifatida davlat işiga qaytgandi.