Avstriyaning iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça prokuraturasi mamlakat konstitutsiyasini himoya qiliş va terrorizmga qarşi kuraşiş idorasi (kontrrazvedka) xodimlari 2015 yilda suriyalik generalga zudlik bilan siyosiy boşpana berganliklari yuzasidan suriştiruv işlarini boşladi. Bu haqda Kurier gazetasi xabar berdi.
Gazetaning bildirişiça, Suriya maxsus xizmatlari sobiq generali Xolid X. Raqqa şahrida sodir etilgan harbiy jinoyatlarda gumonlanib Yevropa politsiya agentligi tomonidan qidirilmoqda.
Ma'lum bölişiça, general 2015 yilda avvaliga Fransiyadan boşpana söragan, ammo Fransiya hukumati javobini kutib ötirmasdan Avstriyadan ham boşpana söragan. Öz navbatida Avstriya hukumati Parij birinçi davlat sifatida general uçun mas'ul bölişiga qaramasdan unga boşpana beriş jarayonini boşlagan. Kontrrazvedka xizmati esa uning harbiy jinoyatlarga aloqasi yöqligini bildirgan va u yarim yil içida qoçoq maqomini olgan.
Oqibatda Fransiya 2017 yilda suriyalik generalning boşpana söraş haqidagi sörovini rad etgan va 2018 yilda unga nisbatan insoniyatga qarşi jinoyatlar sodir etiş ayblovi bilan iş oçgan. Avstriya prokuraturasi ham kontrrazvedka va migratsiya xizmati xodimlarining unga siyosiy boşpana berişda öz lavozimlarini suiiste'mol qilganliklari yuzasidan tekşiruv işlarini boşlagan.
Avvalroq şu yilning mart oyida Avstriya içki işlar vazirligi huzuridagi mamlakat konstitutsiyasini himoya qiliş va terrorizmga qarşi kuraşiş idorasi Janubiy Koreya hukumatiga maxfiy ravişda KXDR fuqarolarining xorijga çiqiş pasportlarini berganlikda ayblangandi.

















