OAV: AQShda siyosatchilar Bill Klinton bilan hamkorlik qilishni istamayapti
Arkanzas shtati Vakillar palatasida Demokratik partiyadan vakil bo‘lgan Klark Takerning ma'lum qilishicha, hech kim AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton bilan hamkorlik qilishni xohlamayapti. Bu haqda The New York Times yozmoqda.
Takerning so‘zlariga ko‘ra, Klinton uchun sakkiz marta ovoz bergan Arkanzas aholisi uni endi qo‘llab-quvvatlamaydi. Uning ta'kidlashicha, saylovlar kelajakka bog‘liq, ammo Klinton uning bir qismi sanalmaydi.
Manbalar so‘zlariga ko‘ra, ilgari siyosiy faol Klinton 6 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan kongressga saylovlarda nomzodlar foydasiga mablag‘ to‘plashni nazarda tutuvchi qator xususiy tadbirlarda ko‘rinish bergan.
Ayol nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi Tamika Mallorining qayd etishicha, Klinton nomzodlarga kongressdagi o‘rin uchun kurashda foyda keltirishi ehtimoldan yiroq bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Klinton bilan yana raqobatlashishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, 2016 yilgi prezidentlik poygasida o‘ziga raqib bo‘lgan mamlakat sobiq davlat kotibi Hillari Klinton bilan saylovlarda ishtirok etishga tayyordir.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024