Oqqörğon tumanida ariq suviga tuşgan olti kişi surati OAVga sizdirilgan bir paytda, uşbu holatga öxşaş, ammo qöllarida kesak kötargan boşqa olti kişining surati ham tarqalgandi. «Kun.uz» bu voqea Bekobod tumanida yuz bergani, suratdagi şaxslar yaxşi tayyorlanmagan maydonga buğdoy uruğini qadaşga ruxsat bergani uçun şu işga majbur qilingani haqida xabar bergandi.
«Kun.uz»ga ma'lum bölişiça, ular Bekobod tumani Qişloq xöjaligi bölim boşliği, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi tuman bölimi raisi, Toşkent viloyati suv xöjaligi boşqarmasi boşliği, Bekobod tuman hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari, Bekobod tumani Yer resurslari va kadastr bölimi boşliği hamda Bekobod tuman Suv xöjaligi bölimi boşliğidir.
«Kun.uz» muxbiri kesak kötargan olti kişidan biri bilan suhbatlaşişga muvaffaq böldi. Biroq, u ham voqea tafsilotlarini töliq aytib berişdan özini tiyib turdi.
«Men voqea joyiga sal keç qolib keldim. Ular kesakni nega kötarib olganiga tuşunmay, qatorga qöşildim. Men ham kesakni qölga oldim», deydi u.
Suhbatdoşning ta'kidlaşiça, «gap eşitib qolişdan qörqib» u ham kesakni kötaravergan. Oqqörğon tumanida suvga tuşgan olti kişidan biri ham deyarli şu mazmundagi izohni bergandi. Şunga qaramay, voqea tafsilotlari bilan taniş bölgan hokimiyat vakiliga köra, bu «yaxşi tayyorlanmagan maydonga buğdoy uruğini qadalişi»ga yöl qöygan mas'ullar uçun tayinlangan jazo böladi.
«Kun.uz»ga ma'lum bölişiça, Yer resurslari va kadastr bölimi boşliği Abdulla Umarov uşbu voqeadan söng öz ixtiyori bilan işdan böşaşga qaror qilgan. Umarov tösatdan bunday qarorga kelganiga nima sabab bölgan? Buni aniqlaş uçun Abdulla Umarov bilan boğlanişga qilingan har qanday harakat besamar yakunlandi.
«Kun.uz» suriştiruviga köra, Bekobod tumani Qişloq xöjaligi bölim boşliği öşa kuni uyga qaytmagan. Uning turmuş örtoği aytişiça, oradan ikki kun ötib tuman prokuraturasidan erining daragi çiqqan.
«Tuman prokuraturasidan qönğiroq bölib, erimning issiq kiyimlarini keltirişimizni söraşdi. Şundan söng, biz uning qayerda ekanidan xabar topdik. Issiq ust-boş berayotganimda erimning egnidagi kostyum tuproq aralaş kir bölib qolganidan şubhalandim. Keyinroq, internetda tarqagan surat orqali aslida nima bölganini bilib oldim», deydi u.
Ayni paytda unga nisbatan JK 167-moddasi 3 qismi, 205- va 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, tergov davrida ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

















