Avval xabar berganimizdek, keça Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva şahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA)ning 2018 yilgi Kongressi öz işini yakunladi. Unda AIBAʼning rahbar lavozimlariga saylovlar bölib ötdi. Jumladan,özbekistonlik Ğofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylandi.
KUN.UZ muxbirining Moskvadan xabar berişiça, Kongress işi yakuniga köra ötkazilgan matbuot anjumanida jurnalistning XOQ bilan murakkab munosabatlar haqdagi savoliga javob berar ekan, AIBAning saylangan prezidenti Ğofur Rahimov şunday dedi:
— Oçiqçasiga tan olişim kerakki, ha, çindan ham XOK bilan munosabatlarimiz ança taranglaşgan, biroq ular bilan doimiy muloqotdamiz. Men hali ular bilan boğlanişga ulgurmadim. Mana endi saylanib olganimdan söng ular bilan boğlanaman. Hozirça ular bilan keyingi muloqotlarimiz qay tariqa borişi haqida ortiq heç narsa deya olmayman.
“Izvestiya” gazetasi muxbirining “Yaqin orada qanday prinitsipal özgarişlarni amalga oşirasiz?” degan savoliga Ğ.Rahimov şunday javob berdi:
— Ayni paytda taşkilotning moliyaviy ahvolini önglaş borasida bir neça oydan buyon iş olib bormoqdamiz. Oldingi rahbariyat taşkilotni oğir ahvolda qoldirib ketgan. Şu sababli biz taşkilotimizning moliyaviy ahvolini yaxşilaş borasidagi işlarni davom ettirişimiz kerak. Şuningdek, hakamlik işini yangi bosqiçga olib çiqiş, dopingga qarşi siyosatni kuçaytiriş kabi işlarni yölga qöysak, öylaşimça, rivojlanişimiz töğri yöldan olib borilayotgan böladi.
“MOK bilan muzokaralar boşi berk köçaga kirsa boks taqdiri nima böladi?” degan savolga AIBA prezidentining javobi quyidagiça böldi:
— Bizning ijroiya direktorimiz boşçilik ştab-kvartiramiz XOQdagilar bilan doimiy aloqada. Öylaymanki, biz ular bilan kelişa olamiz. Agar kelişa olmaydigan holat yuzaga kelsa, boks jabr çekmasligi uçun qanday qadamlar qöyilişi kerakligini öylaymiz, böldi.


















