Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva şahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasi (AIBA)ning 2018 yilgi Kongressi öz işini yakunladi. Unda AIBAʼning rahbar lavozimlariga saylovlar bölib ötdi.

137 nafar delegat iştirok etgan ovoz beriş jarayoni natijalariga köra, joriy yilning yanvaridan buyon taşkilot prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi lavozimida işlab kelgan özbekistonlik Ğofur Rahimov AIBA prezidenti etib saylandi. U Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti qozoğistonlik Serik Qönaqbayev bilan raqobatda ustun keldi.

KUN.UZ muxbirining Moskvadan turib xabar berişiça, Kongress yakunida AIBAning saylangan prezidenti Ğofur Rahimov matbuot anjumanida çiqiş qilgan.

“Hurmatli xonimlar va janoblar!

Avvalo, AIBAning saylangan prezidenti bölganimdan bağoyat faxr tuyğusini tuyayotganimni izhor etişga ijozat bergaysizlar. Men AIBAning butun oilasiga bu ajoyib taşkilotni boşqariş uçun menga bildirilgan işonç uçun minnatdorçilik bildirişni istayman. Bu çindanam AIBA uçun uluğ kun. Saylovlar şaffof va demokratik ruhda ötdi. Men AIBA ştabi va saylov qömitasiga mazkur jarayonni şunday taşkillaştirişdagi sa'y-harakatlari uçun taşakkur bildiraman. Meni şuningdek barça saylangan vitse-prezidentlar va ijroiya qömita a'zolarini tabriklayman. Endi bizda kelgusi tört yilda şijoat bilan işlaşga tayyor kuçli jamoa bor. Bugun butun boks ijobiy zaryad oldi va bu bizning sport turimizni butun dunyo böylab ravnaq topişida qöl keladi. Bu biz uçun juda muhim, çunki biz turli frontlardagi tahdidlar va bosimlar bilan kuraşişga majbur bölmoqdamiz.

Lekin bugundan boşlab bizning özimizga işonçimiz juda ortdi va sport turimizni öziga munosib örniga qaytariş uçun qat'iyatlimiz. Men oldinroq diqqatimizni jalb qilişimiz lozim bölgan asosiy masalalar borligiga urğu berdim. Biz AIBAni yanada şaffof qildik. Ayniqsa uning ustavidagi boşqaruv masalalarida, dopingga qarşi siyosatida va moliyaviy masalalarda. Men işontirib aytişim mumkinki, biz barça yönalişlarda olğa qadam taşlab böldik. Lekin erişilgan natijalarda aslo töxtamoqçi emasmiz. Biz yanada köproğiga erişmoqçimiz, namunali taşkilot bölmoqçimiz va bu tezroq sodir bölişi uçun barça narsa ustida iş olib bormoqdamiz.

Agar biz boksning olimpiya öyinlaridagi kelajagi haqida gaplaşmoqçi bölsak, men olimpiya harakatidagi döstlarimga xitob qilmoqçiman: Barçasini eşitib turibmiz, biz örganamiz va işlaymiz. Bizdan söralgan narsalarning barçasini ortiği bilan bajardik. Bu bizning olimpiya harakatiga sodiqligimizni körsatadi. Şu sababli jahonning barça boksçilari nomidan sodiqlik namunasi sifatida biz olimpiya harakati ramzi bölgan zaytun novdasini uzatamiz. Taşakkur”, — degan Ğofur Rahimov öz çiqişida.