AIBA prezidentligi uçun saylovda ğolib Ğofur Rahimovga raqobatçi sifatida iştirok etgan Qozoğiston vakili Serik Qönaqbayev ovoz beriş natijalari ma'lum bölgaç, Kun.uz muxbiri bilan suhbatda böldi.

«Boksdagi faoliyatimni davom ettiraman. AIBA atrofida yuzaga kelgan vaziyatni önglaşga harakat qilamiz. Xalqaro Olimpiya Qömitasi qanday qarorga kelişi borasida taşvişdamiz.

Ovoz beriş jarayonida qoğoz byulletenlaridan foydalanmaslik tarafdori edim. Ammo Ijroqöm a'zolari boşqaça fikr bildirişdi. Hozir bu borada bahslaşişni istamagan bölardim. Muhimi bu emas. Birlaşib işlagan holda taşkilotni hozirgi murakkab vaziyatdan olib çiqib keta oladigan insonlar saylangan bölib çiqişini istayman.

Osiyo boksida qanday özgarişlar kutilişi mumkin? Afsuski, endi Osiyo Boks Konfederatsiyasi prezidenti lavozimida emasman. Mening örnimga kelgan rahbar qit'ada boks taraqqiyoti uçun qöyilgan asoslarga tayangan holda uni rivojlantiriş işlarini davom ettiradi, deb öylayman. Öz tavsiyalarim bilan unga yordam berib turişim mumkin.

Sönggi Olimpiada öyinlarida kuzatilgan hakamlik borasidagi mojarolar, moliyaviy murakkabliklar kabilarni bartaraf etiş yangi rahbariyat, yangi jamoadan katta mehnat talab etadi.

Vazn toifalari sonining 12 tadan 10 taga, mana endi 8 taga tuşirilişi XOQning talablari bilan boğliq. Ular boks ajralib turuvçi sport turi ekanini, uning öziga xos jihatlari borligini hisobga olib bunday islohotlarni dastlab taklif sifatida kiritişlari lozim. Yakunda boks yana avvalgi darajada ommabop sport turiga aylanişiga umid qilaman», - deb aytib ötdi Qönaqbayev.

137 nafar delegat iştirok etgan saylovda özbekistonlik Ğofur Rahimov 86 ta, Serik Qönaqbayev 48 ta ovoz yiğdi, yana 3 ta byulleten töldirilmagan holda qaytarildi.