2018 yilning ilk töqqiz oyida xorijiy mamlakatlardan Özbekistonga taşrif buyurayotganlar fuqarolar soni 3,9 million nafarga oşdi, ötgan yilning xuddi şu davrida esa bu körsatkiç 1,9 million nafarni qayd etgan. Şunga qaramay, Özbekistonning mavjud salohiyatini inobatga olgan holda, bu körsatkiçlarni yanada yaxşilaşga kirişildi. Prezident Şavkat Mirziyoyevning 2018 yil 2 noyabr kuni "Turizm sohasini jadal rivojlantiriş masalalarini örganiş böyiça guruh tuziş töğrisida"gi topşiriğida sohani rivojlantirişdagi asosiy yönalişlar belgilab berildi. Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Kun.uz muxbiriga şu haqida ma'lumot berdi.

- Turizmning keyingi rivoji nimalarga asoslanadi?
- Eng avvalo sönggi yilda boşlangan işlarni davom ettiriş közda tutilgan. Şu bilan birga, Prezident Şavkat Miromonoviç alohida e'tibor qaratilişi lozim bölgan tört yönalişni belgilab berdilar.
1. Joylaşuv vositalari
Zamonaviy va brend mehmonxonalar hamda xostel, oilaviy mehmon uylari kabi hamyonbop joylaşuv vositalari qurilişini tezlaştiriş, şuningdek AirB&B tizimi böyiça kvartiralar beriş mexanizmlarini tatbiq qiliş.
2. Transport logistikasi
Ikkinçidan, turistik oqimni oşiriş va diversifikatsiyalaş uçun bir-birini özaro töldirib turuvçi içki va taşqi transport turlarini hisobga olgan holda, yagona, xavfsiz va innovatsion transport logistikasini rivojlantiriş.
3. Madaniy meros sub'yektlari
Uçinçidan, sayyohlar uçun amaliy axborot-ma'lumotnoma tizimini yaratiş, smart-turizm texnologiyalarini tatbiq qiliş, turniketlar va videokuzatuvlar tizimlarini örnatiş orqali madaniy meros sub'yektlari, muzeylar, teatrlar, badiiy galereyalar faoliyati samaradorligini oşiriş.
4. Turizm "monetizatsiyasi"
Törtinçidan, eng avvalo aviataşuvlar, joylaşuv vositalari xizmatlari, sayyohlarning ovqatlanişini taşkillaştiriş, madaniy-köngiloçar tadbirlar va işlab çiqarilayotgan suvenir mahsulotlar uçun moslaşuvçan narx siyosatini örnatiş orqali turizm "monetizatsiyasi"ni oşiriş.



















