Sentyabr oyida mojaro markazida bölgan Germaniya kontrrazvedkasi boşliği Xans-Georg Masen içki işlar vazirligiga ötkazilmaydi, u muddatidan oldin nafaqaga çiqariladi. Bu haqda IIV rahbari Xorst Zeyexofer ma'lum qildi.

"Men undan muddatidan oldin nafaqaga çiqişini söradim", - dedi vazir.

Dastlab Masen IIV stats-kotibi lavozimiga ötkazilişi rejalaştirilgandi, ammo jamoatçilik va muxolifat bu qarorni tanqid ostiga oldi.  
Kontrrazvedka boşqarmasini hozirça uning örinbosari Tomas Xaldenvang boşqarib turadigan böldi.

Yozda Masen öta öng "Germaniya uçun alternativa" partiyasi rahbarlari bilan uçraşgani va ularga qonun bilan boğliq noxuşliklarni qanday çetlab ötiş borasida tavsiyalar bergani haqida xabarlar paydo bölgandi.  

Söngra avgust oxirida Xemnits şahrida migrantlar mahalliy fuqarolardan birini öldirib qöyişdi va şaharda ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötdi. Politsiya bilan töqnaşuvlar yuz berdi, ammo jamoatçilikni radikallarning yevropalik bölmaganlarga hujumlar uyuştirgani aks etgan videoyozuvlar köproq taşvişga soldi.

Masen bir neça kundan söng bu videoyozuvlar haqiqiy ekanligi haqida ma'lumot yöqligini bildirdi. U bu bilan rahbariyatni noqulay vaziyatga qöydi, buning ustiga, öng mafkura tarafdorlariga nisbatan xayrixoh ekanligi haqidagi gap-sözlar avj olişiga sababçi böldi.