Indoneziyada halokatga uçragan Lion Air aviakompaniyasining “Boing-737” samolyotida tezlik datçigi nosoz bölgan. Bu haqda Indoneziya transport idoralari ma'lum qildi.
Datçik öşa maş'um parvozda ham, avvalgi bir neçtasida ham işlamagan.
Ma'lum qilinişiça, datçik nosoz bölgani bort qayd qilgiçi öqilganda aniqlangan. Bu nosozlik samolyotning kamida avvalgi 2-3 reysida aniqlangan.
Şu bilan birga samolyot qulaşi böyiça hozirça rasmiy xulosalar yöq.
Samolyot 29 oktabrda Yava oroli yaqinida quladi. Samolyot bortida 189 kişi bölgan. Aloqa yöqolişidan biroz oldin uçuvçi aeroportga qaytişni söragan va bunga rozilik olgan. Samolyot bilan aloqa u Jakarta aeroportidan havoga kötarilgandan 13 daqiqa ötib yöqolgan. Şundan keyin samolyot dengizga tuşib, çökib ketgan.
















