AQŞ Eronga qarşi ilk bor bundan öttiz töqqiz yil ilgari sanksiyalar joriy etgandi. Öşandan buyon bu davlatga nisbatan sanksiyalar rejimiga bir neça marta özgartirişlar kiritildi – ayrim taqiqlar olib taşlandi, ayrimlari yanada keskinlaştirildi, yangi çeklovlar joriy etildi.  

Sönggi sanksiyalar şu yilning 5 noyabridan kuçga kirdi. AQŞ nima uçun Eronga qarşi sanksiyalar kiritişdan töxtamayapti, bunday çoralar qaçondan boşlangan, sanksiyalardan maqsad nima va uning jahon iqtisodiyotiga ta'siri qanday?

Qariyb qirq yillik sanksiyalar 

Eronga nisbatan dastlabki sanksiyalar Islom inqilobi ğalabasidan (1978-1979 y) biroz vaqt ötib joriy etilgan. Bunga 1979 yil 4 noyabrda Tehronda AQŞ elçixonasining bosib olinişi sabab bölgan. Öşanda AQŞ prezidenti Jimmi Karterning farmoniga muvofiq Eron neftini sotib oliş töxtatilgan, uning Amerika banklari va ularning xorijdagi filiallaridagi hisob raqamlari muzlatilgan, Eronga harbiy ehtiyot qismlar sotiş taqiqlangan. 1980 yil aprelda diplomatik aloqalar uzilganidan söng Amerika mahsulotlarining Eronga eksporti hamda uşbu davlat mahsulotlarining AQŞga importiga nisbatan taqiq kiritilgan. 1981 yil yanvarda savdo embargosi bekor qilingan, ammo moliyaviy operatsiyalarga nisbatan çeklovlar amal qilişda davom etgan.

1984 yil 28 sentabrda  Ronald Reygan ma'muriyati Eronning terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlatlar röyxatiga kiritilişi munosabati bilan uşbu davlatga eksport ustidan qöşimça nazorat  çoralarini joriy etdi.

1987 yil 29 oktabrda Eron mahsulotlari, asosan  neft importi yana çeklandi. 1990 yil noyabrda Amerika  kompaniyalari Erondan çeklangan miqdorda neft import qilişga ruxsat oldi.

1995 yil 15 martda AQŞ prezidenti Bill Klinton Amerikaning Conoco kompaniyasi bilan Eron milliy neft kompaniyasi örtasidagi Eron sohillarida neft qidiriş böyiça kelişuvni töxtatib qöydi, 8 may kuni esa AQŞ firmalariga Erondagi neft va gaz konlarida qidiruv işlarini olib boriş hamda Eron neftini uçinçi mamlakatlarga sotiş uçun xarid qilişni taqiqlovçi farmonni imzoladi. Bunga Eron terrorizmni qöllab-quvvatlayotgani haqidagi ma'lumotlar sabab bölgani aytildi.

1996 yil 5 avgustda Bill Klinton xorij kompaniyalariga Eron bilan neft va gaz qazib olişda hamkorlik qilişni taqiqlovçi sanksiyalar töğrisidagi qonunga imzo çekdi.

2006 yil oktabrda kiçik Jorj Buş prezidentligi davrida Eronda yadroviy dastur rivojlanişi munosabati bilan uşbu mamlakatning atom va qurol sanoati bilan boğliq banklari, kompaniyalari va jismoniy şaxslariga nisbatan Eronda ozodlikni qöllab-quvvatlaş töğrisidagi qonun qabul qilindi (u 1996 yilgi qonunning yangi tahriri bölib, 2016 yilda ön yilga uzaytirilgan).