Joriy yilning 30 oktabr kuni KUN.UZ saytida «Nega Andijonda Prezident qarori ijro etilmayapti?» sarlavhali maqola e'lon qilingan va unda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 7 iyundagi «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi PQ-3777-son qarori ijrosi doirasida Andijon viloyatida amalga oshirilgan ishlar tanqid ostiga olingan edi.

Mazkur holatga nisbatan Andijon viloyat prokuraturasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan izohlar bildirildi.

Quyida mazkur izohlar taqdim etiladi.

Andijon viloyat prokuraturasining tushuntirishi

Prezidentning PQ-3777-sonli qarori asosida Andijon viloyatiga jami 231 mlrd. so‘mlik resurs mablag‘i ajratilishi nazarda tutilgan.

Shundan, 176,5 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘i «Har bir oila — tadbirkor» dasturi bo‘yicha viloyatdagi 14ta tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga 147,3 mlrd. so‘m, yuridik shaxslarga 29,2 mlrd. so‘m kredit mablag‘i ajratilgan.

Kredit har bir fuqaroga EKIH 150 baravarigacha miqdorida (27,6 mln. so‘mgacha), 7 foizlik ustama to‘lash sharti bilan ta'minotsiz, 3 yil muddatgacha berilishi nazarda tutilgan.

Tarqatilgan 176,5 mlrd. so‘m mablag‘ning qoramol yo‘nalishi uchun 32 mlrd. so‘m, parrandachilikka 3,3 mlrd. so‘m, qo‘ychilikka 39,2 mlrd. so‘m, echkichilik uchun 55 mln. so‘m, asalarichilikka 4,0 mlrd. so‘m, baliqchilikka 3 mlrd. so‘m, issiqxonaga 16,6 mlrd. so‘m, quyonchilikka