Serbiyalik futbolchi britaniyalik askarlar xotirasini yod etishdan bosh tortdi

Foto: Getty Images
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemanya Matich Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan o‘yinga futbolkasiga lolaqizg‘aldoq yopishtirib chiqishdan bosh tortdi. 30 yoshli serbiyalik o‘yinchi lolaqizg‘aldoq qurolli to‘qnashuvlarda, jumladan NATO missiyalari tarkibida ishtirok etib halok bo‘lgan britaniyalik askarlar xotirasini yod etish belgisi ekanligini bilgandan keyin shunday qarorga kelgan.
Futbolchining aytishicha, u bu belgini taqib yuruvchi odamlarni tushunadi va ularning bunga huquqlarini hurmat qiladi. “Biroq men ixtiloflarda o‘z yaqinlarini yo‘qotganlarni ham tushunaman. Ammo bu men uchun bolalikda boshdan kechirishimga to‘g‘ri kelgan hujumni eslatadi. 1999 yilda mening yerimda bombalar portlaganda qo‘rquvga tushgan 12 yoshli bola edim”, deb yozgan Matich instagramda.
Uning aytishicha, maydonga lolaqizg‘aldoq bilan tushishdan bosh tortishiga asosiy sabab Buyuk Britaniyaning Serbiyaning bombardimon qilinishida ishtirok etgani hisoblanadi.
1999 yil martida NATO birlashgan kuchlari Yugoslaviya hududini bombardimon qilishni boshlagan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, bu bombardimonlar oqibatida 78 kun ichida 1200 dan 2500 gacha kishi halok bo‘lgan. 6 ming kishi, jumladan 2700 bola jarohat olgan. O‘sha vaqtda Serbiya va Chernogoriyadangina iborat bo‘lgan Yugoslaviyaga yekazilgan zarar bir necha milliard dollardan oshib ketgan.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:31
-
France24 Rossiya raketa zarbasi vaqtida Kriviy Rihdagi restoranda yozib olingan kadrlarni namoyish etdi
Jahon | 12:11
-
Toshkentda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 12:10
-
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi
Jamiyat | 12:07
Mavzuga oid

08:14 / 05.04.2025
«Rossiya otashkesimga tayyorgarlik ko‘rayotganining alomati yo‘q» - NATO razvedkasi

10:58 / 04.04.2025
NATO razvedkasi Rossiya armiyasining Ukrainadagi taxminiy yo‘qotishlarini ma’lum qildi

14:09 / 03.04.2025
NATO Ukrainaga harbiy yordam miqdorini e’lon qildi

20:21 / 01.04.2025