Sardorlik maqomi yoşlarga katta işonç va mas'uliyat yuklaydi. Sardor–tengdoşlarini özining ezgu ğoyalari, loyihalari ortidan ergaştirib, ularni ijtimoiy faollikka çorlay olişi lozim. Öquvçilarni hayot yölida adaşişdan qaytarib, unga töğri yöl körsata olsa, har jabhada hozirjavob va taşabbuskorlikka ega bölsagina u çinakam sardor böla oladi. Maktablarda tengdoşlari orasida namuna bölgan, yoşlarni har sohada taraqqiyot sari odimlaşga undaydigan yoşlarni saralaş maqsadida joriy yilning 7-9-noyabr kunlari Farğona viloyatining Farğona şahrida «Ittifoq» va «Kamalak» sardorlarining Respublika saylovi ötkazilmoqda. Har bir viloyatning saylovda iştirok etuvçi 28 nafar sardorlari Farğona şahriga yöl olişdi.

«Sardorlarning işlaş tizimiga yangiça yondaşiş payti keldi. Sardorlar 4 guruhga bölingan holda mavjud muammolarni yeçişga e'tibor qaratişi darkor. 1-guruh muammoni aniqlasa, 2-guruh muammoga yeçim topib, uni loyihalaştiradi. 3-guruh loyihani amalga oşiriş bilan şuğullansa, 4-guruh amaliy işlarni umumlaştirib boradi. Umuman olganda, sardorlarning faoliyatini takomillaştiriş ularning işlaş samaradorligini belgilab beradi», – deydi «Kamalak» bolalar taşkiloti bölim mudiri Durdona Rahimova.

Iştirokçilar Farğona viloyatining Marğilon şahrida tantanali kutib olinib, dastur asosida Marğilon şahrida bunyod etilgan Erkin Vohidov nomidagi ijodkorlar boğiga sayohat qilişdi. Buyuk allomalarga beşik bölgan Marğilonga qadam qöygan yoşlar özbek adabiyotning zabardast şoiri, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidovning haykali poyiga gulçambarlar qöyişdi. Sardorlar Ijodkorlar boğida joylaşgan Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini çuqur öqitişga hamda xorijiy tillarga ixtisoslaştirilgan maktab faoliyati va u yerda öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.

«Sardorlarni saylaş jarayonida ulardagi iqtidor va yetakçilik qobiliyatiga alohida urğu beriş kerak. Şijoat va taşabbuskorlik yoşlar bilan işlaşda eng asosiy omil böladi», — deydi Toşkent şahar sardori Jasmina Qodirova.