Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning ijobiy natijasini köriş uçun sabr qiliş kerak böladi. Çunki ular amaliyotga joriy etilişi va samara berişi uçun vaqt talab etiladi. Xalqaro valyuta jamğarmasining Yaqin şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori maslahatçisi Albert Eger şunday fikrlarni bildirdi.
“Iqtisodiyotni liberallaştiriş öz-özidan böladigan jarayon emas. Hattoki, 1990-yillar boşida Şarqiy Yevropa mamlakatlarida ham iqtisodiyotni bozor tamoyillariga asoslangan tizimga ötkaziş, iqtisodiyotni liberallaştiriş uçun ma'lum bir vaqt talab etildi. Albatta, ularda bu jarayon ança tez, 10 yil atrofidagi muddatda amalga oşdi. Biroq, öşa davlatlar ham ötkazilgan islohotlar samarasini körişi uçun şunça yil kutişdi”, - dedi xalqaro ekspert.
Şu bilan birga, uning fikriça, Özbekistonda öziga xos ustunlik jihatlari ham borki, köpçilik mamlakatlarda bu narsa közga taşlanmaydi.
“Özbekiston ayrim mamlakatlarda bölmagan ustunliklarga ega. Şulardan biri bu demografik vaziyat. Bu yerda mehnatga layoqatli yoşlar köp. Ayni şu narsa islohotlarni qulaylik va osonlik bilan amalga oşirişda zarurdir. Qayd etiş örinliki, Özbekiston iqtisodiyotining ösişi quriliş, toğ-kon sanoati, kommunikatsiya sektoriga töğri kelmoqda. Biroq bu sohalarda köp iş örni barpo etib bölmaydi. Şu sababli iş örni köp talab qilinadigan fabrika-zavodlar taşkil etişga e'tibor qaratiş muhimdir”, - dedi Albert Eger.

















