Tuğib taşlaş bilan bölmas bola, balo bölğay sizga,

Vujudi tarbiyat topsa, bölur rahnamo sizga.

Temirçining bolasi tarbiya topsa, bölur olim,

Buzilsa xulqi, Luqmon öğli bölsa, bölğusi zolim. (Abdulla Avloniy)

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Qöqondagi ta'lim tizimi «botqoqqa botayotgani» haqida xabar tarqalgandi. Ba'zi maktablarda tarbiyaviy işlar töliq yölga qöyilmagani sabab sönggi vaqtlarda maktab öquvçilari homilador bölib qolgani va öquvçilar örtasida piçoqbozlik holatlari köpayib ketganligi aytilgandi.

KUN.UZ mazkur voqea yuzasidan Qöqon şahrida öz jurnalistlik suriştiruvini ötkazdi. Boş prokuratura matbuot xizmati kömagi bilan homiladorlik va piçoqbozlik holatlari yuzasidan ma'lumotlar töplandi.

Youtube'da köriş

Mover'da köriş (tas-ix)

Aniqlanişiça, şahardagi 19-maktab öquvçisi M.A. joriy yilning 31 may kuni tanişi X.Q. bilan janjallaşgan. Janjal vaqti unga piçoq urib tan jarohati yetkazgan. 1 iyun kuni M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Iş sudga oşirilib, aybdorga nisbatan tegişli jazo tayinlangan.

Yana şunday holatlardan biri joriy yilning 20 may kuni 2-maktab öquvçisi L.J. va 29-maktab öquvçisi J.O. örtasida bölib ötgan. Ikki şaxs örtasida nizo kelib  çiqqan va L.J. tanişi J.O.ga piçoq urib, tan jarohati yetkazgan. Prokuratura tomonidan jinoyat işi qözğatilib, 2018 yilning 6 avgust kuni aybdorga sud hukmi bilan jazo tayinlangan.

Şahardagi 23-maktabning voyaga yetmagan öquvçisi, M.T. 1-maktab öquvçisi X. bilan jinsiy aloqada bölişi natijasida qiz farzandni dunyoga keltirgan. 2017 yilning 31 dekabr kuni holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan aybdor şaxslarga nisbatan tegişli jazo çoralari qöllanilgan. Yoş ona farzandidan voz keçgan va çaqaloq bolalar uyiga topşirilgan.