Özbekistonda soliq islohotlarining ötkazilişi juda ahamiyatlidir va asosiy islohotlardan biri hisoblanadi. Çunki, hozirgi soliq tizimi yangi iş örni barpo etuvçi kompaniyalarni “jazolaş” mohiyatiga ega. Xalqaro valyuta jamğarmasining Yaqin şarq va Markaziy Osiyo departamenti direktori maslahatçisi Albert Eger Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar xususida fikr bildirar ekan, şunday bayonot berdi. 

U Xalqaro valyuta jamğarmasi Özbekiston hukumati qisqa fursatda juda katta islohotlarni amalga oşirganidan hayratda ekanini yaşirmadi. Eger Özbekistonda katta islohotlar amalga oşirilayotganini qayd etar ekan, ulardan 3ta asosiy islohotni qayd etib ötiş mumkinligini bildirdi:

-  Valyuta liberalizatsiyasi. Nihoyat mamlakatning milliy valyutasining xorijiy valyutalarga erkin konvertatsiyasi ta'minlandi. Bu islohot juda murakkab vazifa bölib, ayrim davlatlar katta qiyinçiliklarni boşdan keçiradi. Özbekiston hukumati bu islohotni katta muvaffaqiyat bilan ötkazdiki, bugungi kunga kelib, köpçilik 2017 yil sentabridan avval sömning davlat va qora bozor kursi örtasida katta tafovut bölganini yoddan çiqarib bölgan, deyiş mumkin.

-  Soliq islohoti ikkinçi muhim islohotdir. Soliq islohoti mamlakat uçun juda muhimdir. Ayniqsa, hozirgi soliq tizimi iş örni barpo qilgan kompaniyalarni “jazolaşi” nuqtai nazaridan olib qaraganda ahamiyatlidir. Qolaversa, soliq tizimida ham juda köp soliq turlari bor edi. Şu sababli, bu islohot ahamiyati borasida savol tuğilişi mumkin emas. Biroq kelajakda katta sa'y-harakatlar amalga oşirilişi talab etiladi. 

-  Uçinçi muhim islohot – bu statistika ma'lumotlarining şaffofligini ta'minlaş bilan boğliq böldi. Yodingizda bölsa, atigi bir yil avval, statistika ma'lumotlari maxfiy edi. Ayrim ma'lumotlar esa, tuşuniş qiyin bölgan sur'atda e'lon qilinar edi. Bugungi kunda, bu borada boşqaça vaziyat közga taşlanadi. Istagan kişi Statistika qömitasining saytiga kirib, har qanday iqtisodiy va moliyaviy ma'lumotlar bilan tanişa oladi, yuklab olişi mumkin. 

Şunga qaramay, xalqaro ekspert, statistik ma'lumotlar borasida kelgusida katta işlar qilinişi zarurligi, yanada takomillaşi kerakligini ta'kidladi.