Norvegiya sohillari yaqinida neft tankeri va NATO maşğulotlarida iştirok etgan fregat töqnaşib ketdi. Oqibatda 7 kişiga jarohat yetgan. Bu haqda Norvegiya qutqaruv xizmati vakili Ule Yakob Xartvigsen ma'lum qildi.
“7 kişi jabrlangan. Voqea hududiga öt öçiruvçilar, qutqaruv qayiqlari va ğavvoslar jönatilgan. Evakuatsiya boşlangan”, deb ma'lum qilgan Xartvigsen.
Ma'lum bölişiça, Sola TS tankeri va Helge Ingstad fregati tanker Sture terminalidan çiqayotganda töqnaşib ketgan. Töqnaşuv yuz bergan vaqtda fregatda 137 kişi, tankerda 25 kişi bölgan.
Keyinroq ma'lum qilinişiça, ikki kemadan ham odamlar evakuatsiya qilinişga ulgurilgan. Favqulodda xizmatlar fregat suv ostiga ketişi mumkinligidan xavotirlanişmoqda, çunki unda hosil bölgan yoriq orqali kema içiga tortib olinayotgandan köproq suv kirmoqda.

















