Havaskor boksda jahon çempionati sovrindori Sanjar Tursunov bugun AQŞda professional boksdagi debyut jangini ötkazdi.

Kaliforniya ştatidagi «Fantasy Springs Casino» arenasida ötkazilgan jangda Tursunovga meksikalik Megel Kubos raqiblik qildi. Özbekistonlik boksçi jangni juda faol boşladi va ikkinçi raunddayoq raqibini nokautga uçratdi. Şu tariqa, 20 yoşli boksçi professional ringdagi faoliyatini ğalaba bilan boşladi.

Ma'lumot uçun, Kubos şu kungaça professonal boksda 31 ta jang ötkazgan va ularning 11 tasida ğalaba qozongan (8 tasi nokaut bilan). 20 ta jangda esa mağlubiyatga uçragan (9 ta jangda nokautga uçragan).

Eslatib ötamiz, Tursunov 2017 yili dastlab qit'a birinçiligida çorak finaldan ortga qaytgan, söng jahon çempionatida -91 kg vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlangan edi. U Osiyo öyinlari dasturidan 75 kilogrammdan yuqori vazn toifalari çiqarib taşlangani uçun Indoneziyadagi musobaqada iştirok etmadi.