Vazirlar Mahkamasi «Özmetkombinat» AJning investitsion loyihalarini amalga oşiriş va obektlaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida qaror qabul qildi.

Hujjatda bildirilişiça, «Özmetkombinat» AJ tomonidan sohaga oid bölmagan va foydalanilmayotgan obektlar, şuningdek, foydalanilmayotgan yer uçastkalari inventarizatsiya qilinganligi hamda kelgusida ulardan oqilona foydalaniş böyiça takliflar tayyorlangan.

Qaror bilan «Özmetkombinat» AJning böş turgan maydonlarida, şuningdek, sohaga oid bölmagan va foydalanilmayotgan obektlari negizida 2018-2022 yillarda amalga oşiriladigan investitsion loyihalar röyxati, oçiq savdolar orqali xususiy mulk etib sotiladigan, sohaga oid bölmagan va foydalanilmayotgan obektlari röyxati va «Özmetkombinat» AJning Jizzax viloyati hokimligiga tölovlarsiz beriladigan foydalanilmayotgan yer uçastkalari va asosiy vositalari röyxati ma'qullandi. 

Hujjatda beriladigan obektlar röyxatida körsatilgan yer uçastkalari va asosiy vositalarni bir oy muddatda Jizzax viloyati hokimligiga qoldiq qiymati böyiça tekin berilişi hamda Jizzax viloyati hokimligi beriladigan obektlar röyxatidagi yer uçastkalarining kelgusida ulardan samarali foydalaniş uçun salohiyatli investorlarga berilişini ta'minlaşi körsatib ötilgan. 

Şuningdek, «Özmetkombinat» AJning «Metallurg» pansionatiga tutaşgan, Toşkent viloyati Böstonliq tumanining, Bakaçöl qişloği hududida joylaşgan 1 ga yer maydoni undagi inşootlar bilan birgalikda, davlat uluşini köpaytiriş hisobiga, baholaş taşkiloti tomonidan belgilangan narx böyiça kelgusida «Özmetkombinat» AJ xodimlari uçun zamonaviy dam oliş zonasi taşkil etiş, hududlarni obodonlaştiriş va zarur infratuzilma yaratiş maqsadida «Özmetkombinat» AJning ustav kapitaliga ötkaziladi.