
GEW – bu nima? Global Tadbirkorlik Haftaligi (GEW) – har yili o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, butun dunyo tadbirkorlari uchun yangi g‘oyalarni izlashda 160ta GEN (Global tadbirkorlik tarmog‘i) mamlakatlarni birlashtiradi. O‘zbekistonda haftalik GEN Uzbekistan, Yoshlar ittifoqi, Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi kabi tashkilotchilar ko‘magida va Ground Zero kovorking hamkorligida ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Yetuk va yosh tadbirkorlar, moliya institutlari, investorlar, biznes uyushmalari, talabalar, frilanserlar va boshqa manfaatdor tomonlarni bir platformada birlashtirish maqsadida Global Tadbirkorlik Haftaligi ishga tushiriladi.

GEW doirasida qanday tadbirlar o‘tkaziladi? Global Tadbirkorlik Haftaligi startaplar, ta'lim va martaba, moliya, ayollar tadbirkorligi, biznesning kengayishi va o‘sishi, turizm, marketing, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi ko‘plab sohalarni o‘z ichiga oladi. 2018 yil 12 noyabrdan 18 noyabrgacha treninglar, taqdimotlar, mahorat darslari, konsertlar, b2b-uchrashuvlari, telemostlar, vebinarlar va turli xil biznes mavzularda muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Ma'ruzachi sifatida kimlar so‘zga chiqadi? - Tadbirlarda O‘zbekistonning yetuk tadbirkorlari, xorijiy ishbilarmonlar, biznes va ekotizim sohasidagi mutaxassislar, O‘zbekiston va xorijiy davlat idoralari vakillari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari so‘zga chiqishadi. Xorijiy ma'ruzachilar orasida Jozef Kennet Zeigler (Rockstarz Asia (Singapur)direktori), Georgiy Tsxakayya (GLCC Solutions asoschisi (Gruziya), Bobbi Xenebri (Henebry Blockchain & Cryptocurrency Consulting, LLC bosh direktori), Faris Alami (International Strategic Management bosh direktori (AQSh),Sergey Tantushyan (Cooperation of Eurasia Partnership Foundation direktori (Armaniston), Buke Chuxadar (Global tadbirkorlik tarmog‘i (GEN) vitse-prezidenti), Yaroslav Romanchuk («Strategiya» analitik markazi ijrochi direktori, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha prezident kengashi a'zosi (Belarus), Eduard Yakubov (Xolon Texnologiya Universiteti prezidenti (Isroil) kabi biznesmenlar va boshqalar bor.
















